Fozil Faxriddinovich Musayev (1989-yil 2-yanvarda Boʻka tumanida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va yoshlar futboli murabbiyi. milliy terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Faoliyati Fozil Musayev professional futboldagi faoliyatini 2007-yili Qarshining Nasaf futbol klubida boshlagan. U ushbu klub tarkibida 2008-yil oxiriga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 29ta oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yili u Qashqadaryoning yana bir boshqa klubi Muborakning Mashʼal klubiga kelib qoʻshiladi, Fozil Musayev gazchilar safida 3 mavsum oʻynab 44 marta klub shanini maydonda himoya qildi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi.

2011-yili u yana Nasafga qaytadi va oʻsha yili jamoa bilan birga AFC kubogi musobaqasining chempioniga aylanadi. Nasaf safida 2 mavsum oʻynaydi, 30 marta maydonga tushib 3ta golga mualliflik qiladi. 2013-yili Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma imzolaydi, , ammo ushbu klubda yarim mavsum oʻynab, 12ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta golga mualliflik qildi. Keyin u Qatarning Muaither klubi bilan shartnoma imzoladi. Musayev arab klubi tarkibida 2014-yilning oʻrtalariga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 15ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilishga ulgurdi.

2014-yilning yozida u Oʻzbekistonga qaytadi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzadi. Lokomotiv tarkibida mavsumning oxirigacha oʻynaydi, 22ta oʻyinda oʻynab, 2ta golni oʻz nomiga yozdirib qoʻyadi. 2015-yilning yanvar oyida, Eronning Sepahan klubi bilan shartnoma imzolaydi va shu vaqtga qadar u ushbu klubda 13ta oʻyinda maydonga tushdi.

Terma jamoadagi faoliyati Fozil Musayev bir qancha xalqaro musobaqalarda terma jamoa sharafini himoya qilgan. U Oʻzbeiston U-19 terma jamoasi safida AFC U-19 Osiyo chempionati 2008 musobaqasida oʻynagan. 2011-yili Oʻzbekiston U-22 terma jamoasi va 2012-yili Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2012 musobaqasi uchun boʻlgan saralash bosqichlarida ishtirok etgan.

Milliy terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yil 1-fevralda terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 23ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.

Klubdagi statistikalari Soʻnggi maʼlumotlar olindi: 25-iyul 2015 Fozil Musaev soccerway.com saytidaFozil Musaev footballdatabase.eu saytida

Klubdagi isht. Liga Kubok Qitʼaviy Jami Mavsum Klub Liga Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Oʻzbekiston Liga Kubok Qitʼaviy Jami2007Nasaf QarshiOliy liga110 --1102008180 --1802009Mashʼal Muborak152 --1522010190 --190201110340--143Nasaf Qarshi712040131201223271613642013Bunyodkor1211062193 Qatar Liga Kubok Qitaʼviy Jami2013/14MuaitherQatar Yulduzlar ligasi15110--161 Oʻzbekiston Liga Kubok Qitʼaviy Jami2014Lokomotiv ToshkentOliy liga22250--272 Eron Liga Kubok Qitʼaviy Jami2014/15SepahanFors koʻrfazi ligasi13000--1302015/16710060331 Jami faoliyatida1651220116320116

Yutuqlar Nasaf tarkibida Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2011 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2012 AFC kubogi gʻolibi: 2011

Lokomotiv tarkibida Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2014 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014 Oʻzbekiston super kubogi finalchisi: 2014

Sepaxon tarkibida Eron chempioni: 2014/2015

Manbalar

Havolalar Fozil Musaev Soccerway.com saytida Fozil Musaev Footballdatabase.eu saytida Fozil Musaev Goal.com saytida Fozil Musaev Fifa.com saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Muaither SC futbolchilari Turkum:Sepahan S.C. futbolchilari Turkum:Júbilo Iwata futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:J1 ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar