Navbahor markaziy stadioni — Oʻzbekistondagi eng katta stadionlardan biri. 1960-yillarda qurilgan. Stadion oʻz bagʻriga 22 mingga yaqin muxlisni sigʻdira oladi. Stadion Namangan shahrining kirish qismiga yaqin yerda joylashgan. Stadionda mahalliy Navbahor futbol klubi toʻp suradi. 2013-yilda foydalanishga toshirilgan.

Tarixi Stadion qurilishi 1956-yilda yakunlangan. Xuddi shu yili ochilgan. Yillar davomida bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Eng keng qamrovli rekonstruksiya 1975, 1989, 2009 va 2013-yillarda amalga oshirilgan. 2013-yildagi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan oldin stadion 28480 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lsa, 2009-yildagi rekonstruksiyadan oldin 45000 tomoshabinni sig‘dira olardi. Oxirgi taʼmirdan soʻng sigʻim 22 000 tagacha qisqartirildi, ammo stadion yanada zamonaviylashdi, FIFA va OFK standartlariga moslashdi.

2011—2013-yillarda stadion qayta qurilishi uchun 16 million dollardan ortiq mablagʻ sarflangan. Mezbonlik Ichki musobaqalar Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston Kubogi oʻyinlariga mezbonlik qilib keladi. 2020-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga mezbonlik qilgan. Xalqaro oʻyinlar 2019-yilda Oʻzbekiston yoshlar jamoasi (U19) va Berlin yoshlar jamoasi oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyiniga mezbonlik qilgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi oʻrtoqlik, Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga ham mezbonlik qildi. 2021-yil va jamoalari oʻrtasida oʻyinlar oʻtkazilgan boʻlsa, 2022-yil mart oyida Markaziy Osiyo Navroʻz kubogiga mezbonlik qildi. 2023-yilgi Osiyo kubogi saralash bahslari ham shu stadionda oʻtkazildi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi futbol stadionlari