Asamoah Gyan (1985-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — ganalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida toʻp surgan. Gana terma jamoasining sobiq sardori.
Gyan faoliyatini 2003-yilda Gana Premyer-ligasining „Liberty Professionals“ klubida boshlab, oʻn oltita oʻyinda oʻnta gol urgan. Shundan soʻng uch mavsumni A Seriyaning „Udineze“ klubida oʻtkazgan. Bu vaqt oraligʻida ikki mavsum „Modena“da ijara asosida oʻynab, 53 ta liga oʻyinida oʻn beshta gol kiritgan, „Udineze“ safida esa 39 ta liga oʻyinida 11 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. 2008-yilda Gyan Liga 1 klubi „Renn“ safiga qoʻshilgan va ikki mavsum davomida liganing qirq sakkizta oʻyinida oʻn toʻrt marta gol urgan. 2010-yilda Gyan oʻsha vaqtdagi Premyer-liga klubi „Sanderlend“ga oʻtib, klubning transfer rekordini yangilagan va ikki mavsum davomida Premyer-liganing oʻttiz toʻrtta oʻyinida oʻn marta gol kiritgan.
Manbalar
Havolalar
Asamoah Gyan — Goals in International Matches at RSSSF
Premier League profile
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Shanghai Port F.C. futbolchilari Turkum:Stade Rennais FC futbolchilari Turkum:Sunderland A.F.C. futbolchilari Turkum:Al-Ain klubi futbolchilari Turkum:Shabab Al Ahli (Dubay) futbolchilari Turkum:Udinese Calcio futbolchilari Turkum:Legon Cities FC futbolchilari Turkum:Kayserispor klubi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari