thumb|Birinchi varsiya boʻyicha oʻzbek askarining portreti, 1557—1564 yillar, EronA HEAVILY ARMED UZBEK. SAFAVID IRAN, MID 16TH CENTURY Oʻzbek boduni tarkibiga kiruvchi turk urugʻlar nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. Urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida, shuningdek shayboniylar davrida ham kelgan etnik guruhlar ham kiradi. Shu bilan birga, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqa turkiy etnik guruhlar ham oʻzbek ulusi tarkibiga kirganSultanov T. Kochevie plemena Priaralya v XV—XVII vv.// Voprosi etnicheskoy i sotsialnoy istorii. M., 1982.

Oʻrta Osiyo xalqlarining XX asr 2-yarmi – XX asr boshlaridagi tarixiy taqdiri va taraqqiyot bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bogʻliq. Keyinchalik mintaqada Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Shu bilan shakllangan elatlar taraqqiy etayotgan tarixiy makon sunʼiy ravishda boʻlib yuborildi. Mintaqa xalqlarining assimilyatsiya, konsolidatsiya jarayonlariga jiddiy taʼsir oʻtkazilishi va keyinchalik „sovet xalqi“ nomli yagona etnik birlikni yaratish haqidagi nazariyani amalga oshirilishi borasidagi olib borilgan siyosat ham oʻzbeklarning milliy etnik qiyofasiga, mentalitetiga raxna sola olmadiSteven Sabol, The creation of Soviet Central Asia. The 1924 national delimitation. Central Asian survey, 14, 1995, P.234..

Tarix Bugungi oʻzbeklar, Shayboniyxon oʻgʻillarining ulusi Movarounnahr va Xorazmga Oʻzbekhon ulusining butun muassasalari va tashkilotlari bilan kelgan edilar. Hatto hukumatda urugʻlarning egallagan oʻrinlari ham koʻpaygandi. Oʻzbeklar temuriylarni yengar ekan, har yerda oʻzlarining tashkilotlarini oʻrnatdilar.urugʻlari

Shunday qilib, Oltin Oʻrdaning „ich eli“ hisoblangan va saroyga yaqin hamda yaxshigina madaniyatli unsurlar ham kelgan edilar. Shuningdek, Movarounnahrga kelgan shayboniylar, tarixchi Oʻtamish Hojining taʼbiriga koʻra, eskidan „Oʻzbek ulusi“… mangʻitlarning oʻtroq urugʻlari yashamoqda boʻlgan Turonzaminda, tom madaniy qism zaminida hokim boʻlgan xalqdir. Markazi „Oq koʻl“, „Chalqar koʻl“ boʻlgan Toʻrgʻay viloyati shayboniylar qoʻliga oʻtgan. Ilgari bu yerlarni, keyin Sirdaryoning narigi chegaralarini va 1431-yildan Xorazmda umr kechirgan Abulxayrxon „Turon va boshqurt“ taraflarini shayboniylar qoʻlidan va Gʻarbiy Sibiriyani Mahmudbekxonning qoʻlidan olgan edi. Bu zot davlat idorasini Joʻji ulusining janub va shimol tarafidagi ziroat sohalariga qaratib, oʻtroq oʻlkalarga aylantirmoq siyosatini targʻib etgan edi. Zotan, zamonning buyuk olimlaridan Husayn Xorazmiy bu xonning nomiga atab turkcha goʻzal bir asar – „Qasidai Burda“ni yozgan edi. Mas’ud Koʻhistoniy degan bir odam ham uning hayotini tavsif etgan bir forsiy tarix kitobini bitgan ekan.

Oʻzbeklarning katta bir qismi XVI asrda Zarafshon havzasida va Xorazmda oʻtroq va dehqonchilik hayotiga oʻtdi. Bular yana Sirdaryo havzasida va Turon taraflarida yashagan vaqtida oʻtroq hayotga oʻtayotgan boʻlsalar kerak. Shayboniyxon esa Sirdaryo ila Ashtarxon orasida yetishgan bir sultondir. Shayboniyxondan keyin Movarounnahrga kelgan avlodlaridan Mahdi va Hamza sultonlar ilgari Turonzaminning qal’a va istehkomlariga va maʼmur qismlariga ega boʻlgan Bahtiyor sultonning oʻgʻillari edi. Ular bilan kelgan oʻzbeklar soʻnggi temuriylar zamonida kelganliklari aytib oʻtiladi. Qabila tuzilishiga koʻra „Oʻzbeklar“ni har yerda toʻqson ikki bov oʻzbek deb ataydilar. Bov – bu qabila-urugʻ demakdir.

92 nasabnoma Boshqurtlar ichida shunday bov bor: „Oʻn ikki bovli boshqurt“ deydilar. Oʻzbeklarda 92 urugʻ bir „Nasabnoma“ bor-dir. „Nasabnoma“ning XVI—XVII asrlarda yozilgan nusxalari bilan yangi nusxalari orasida farq juda oz. (Masalan, Oxund Qurbonali va Xanikov hamda Shayx Sulaymon nashrlari). Shubha yoʻqdirki, „Nasabnoma“ oʻzbeklarning Oltin Oʻrda zamonidagi yangi Mangʻit – Noʻgʻoy va qozoqlar ayrilmasdan ilgarigi hayotiga oiddir. Bu urugʻlar shulardir:

Ming, Yuz, Qirq, Ungajit, Dayman, Qipchoq, Argʻin, Burloq, Busloq, Chemarchin, Boʻzay, Qatay (Xitoy), Jit, Juyut, Saljovut, Mangʻit, Qangʻit, Oymavut, Ulaji, Gulegen (?), Qishliq, Tomo, Mechet, Kirderi, Ramadan, Juyrat, Boʻzaji, Uysun, Tatar, Tilov, Shirin, Agʻir (Ogʻiran), Buzan, Buzaq, Barin (Bahrin), Moʻgʻul, Nukus, Jaloyir, Saroy, Oʻngʻ, Qoʻngʻirot, Olchin, Chichoq, Qalmoq, Oyrat, Qorluq, Turgavut, Qatagʻon, Kilechi, Kenagas, Boʻyrak, Qiyot (Borjigin), Qanggʻli, Oʻzje boʻluji, Upulachi, Gulun, Boyovut, Oʻtarchi, Arlot, Kerayit, Oʻnggʻqut, Qachat, Merkat, Burqut, Quralash, Qarlop, Oʻgʻlon, Kudey, Turkman, Doʻrmon, Tobin, Mumun, Aday, Toʻqsaba, Qirgʻiz, Uyruji, Joʻrga, Batash, Qoʻysun, Sulduz, Tumay, Koʻrlavut, Jilkash, Yugʻur, Yobu (Yeqabu), Moʻytan, Major, Qoʻjaliq, Choʻran, Churchut.

Roʻyhat №Madjmu at-Tawarikh"92 tribes of Uzbek"Oriental studies of the Republic of Uzbekistan Institute 4330.0

manuscript collection Zakir Chormoshev tomonidan urugʻlar toʻplami (O’zbek urugʻlari) 1BegdiliQiniqKayiQang’li 2yuzqirgʻizyuzdjuz(yuz) 3qirqyuzqirqming 4jaloirqirqo‘ngqirq 5saroyo‘ngongachitongkoy 6qoʻngʻuratongachitjaloirchit 6alchinjaloyirsarayjaloir 8argunkonguratxitaysaray 9naymanalchinqipchoqqoʻngʻurot 10qipchoqarginnaymanalchin 11qolmoqsaraychakmakargin 12chaqmoqnaymanurmakayman (nayman?) 13qirgʻizqipchoqtuvadakqipchoq 14qirlikqchakmakbostonchakmak 15turkburlatsimirchikadak (azak) 16turkmansimirchikqolmoqkaldik 16bayutbulatqarluqtoodak 18burlankattagankattaganbullak 19shimirchikkilechiarlatshimirchik 20kabashakinegesargʻinqatagʻon 21nujinbuyurukbarloskaltabiy 22kilechiuyrasutbuytaykunakash 23kilekeshkiyatkenegesboyrok 24buryatxitaykilechioyrot 25ubryatkanglibuyurakqoʻralos 26qiyotavaroyratqiyot 26qitoy (xitoy)jubalajikiyatkitay 28qangʻlituychikungratkangeldi 29uryuzbuyutkanglichoplachi 30junalaxidjiyituzkoshchu (kushchu) 31kudji, kuchidjildjiutdjuladjibulanchi 32utarchibuyatdjusuladjichuvut 33puladchiuymautkuchidjiyil 34jiyitarlayutarchibuyat 35juyutkeraitpuladchiuyat 36juljutongutdjuyutarlay (adilay) 36turmauttangutdjiyitkiyrat 38uymautmangitdjaldjutongkot 39arlotdjaldjautbuyazuttangut 40kereyitmasituymautmangit 41ongutmerkitkeraitcharchut (chalchut) 42tangutburkutbaganmit 43mangutkiyatongutmerkit 44jalautkuralastangutburkut 45mamasitoglenmangitkiyat 46merkitkarimerkitokulat 46burkutarabburkutkidiy 48qiyotilachimasidarap (arab) 49qoʻralosdjuburgankiyatilaachi 50oglenkishlikoglenchuburgan 51karigireyalchinkishtik 52arabturkmenkarikiyrat (kilyat) 53ilachidurmangaribturkmen 54juburgʻantabinshuburgandurman 55qishliqtamakishliktaban 56gireyramadanturkmentam (tama?) 56doʻrmonmitandurmenramlam (ramnan) 58tabinuyshuntabinmoyton 59tamaburiyatamoyshon 60ramadanxafizramadanbiriya 61uyshunuyurdjimitanapiz (apil) 62badayjuyrasutuyshunkazak 63xafizbudaybusekirgiz 64uyurjibanashxafizmunduz 65jurattatarkirgizkutchu 66tatarb.dj.k.r.tataroychu 66yurgasulduzyadj.k.r.djuurat 68batashazaksulduzbaday 69batashqolmoqkalivaytatar 70kauchinkarakalpakdujirtabash 71tubaysanvadanjuratchikir 72tilautubaybudaysulduz 73kardaritilauoglantubay 74sanxiyankiradikurlautkildiy 75kirginsaktiyanchimbaykirdirai (kildiray) 76shirinkirkinmaxdisaktan 76oglanshirinchilkaskirgin (kirchin) 78chimbayoglanugurshirin 79charkaskurlatagaruglam (oglan) 80uygʻurbaglankurkuulat (kurlat) 81anmarchimbaynikuzdjiglak 82yabuchilkaskarachinabay 83targiluygurtushlubchilkas 84turgak, turganarnamaryabuuygur 85teityabutargilachar (agar) 86koxattargilkoxattargil 87faxirturganshuranturukay 88kujalikkoxatshirinkichit 89shuranmajartamamajar 90derajatkujalikbaxrinkojoluk 91kimatsurangireysooran 92shujaatbaxrinsaxtiyan 93avgʻon

Bu aytilgan qabila ismlarining 33 qadari moʻgʻul qabilalarining, boshqalari esa Joʻji ulusidagi butun mashhur turk qabilalarining bir qismidir. Bizga bugun nomaʼlum boʻlgan qabilalarning nomidir. Oʻzbeklar kelmasdan avval Movarounnahrda yashab, soʻng ularga aralashib ketgan Barlos, Qovchin kabi qabilalar bu orada yoʻqdir. Zikr etilgan 92 qabiladan 45 qadari bugun oʻzbek hayotiga oiddir. Aytilgan moʻgʻul qabilalari esa albatta Joʻji ulusiga kelgan moʻgʻul qismlarini tashkil qilgan mongollardir. Mongolcha atalgan qabilalarning katta qismi bu yerda, Movarounnahrda va Xorazmda yashaydilar. Anʼana shaklidagi bu „Nasabnoma“ bizga Movarounnahr va Xorazm oʻzbeklarining mazkur roʻyxatga kirgan toʻla qabilalarini, shu bilan birga Oltin Oʻrdaning asl istinodgohi boʻlgan butun kuchlarni koʻrsatuvchi va barcha tashkilotlarning hammasini Movarounnahrga barobar daxldorligini namoyon etsa kerak.

Joylashuvi thumb|Oʻzbek urugʻlarini joylshuvi (Bregelsni maʼlumotlariga koʻra)

Qabilalar Qabilalarning bugungi boʻlinishi esa quyidagicha:

Qoʻngʻirot qabilasi. Buning katta aymoqlari besh tarmoq boʻlib, ular. Voxtamgʻali 18 ta urugʻga boʻlingan: qozoqli, ochamayli, qoraqoʻngʻirot, chanchiqli, bolgʻali, baymoqli, jilontamgʻali, aboqli, taroqli, irgʻoqli, boʻgajili, choʻmichli, xandakli, qaychili, uyuvli, bolgʻali, ishqili, kesovli. Qoʻshtamgʻali 16 uruqqa boʻlingan: qoraqasmoq, qoraqalpoq, koʻchaxoʻr, toʻlangit, utroqli, kal, tulovmat, mavlish, kulobi, koʻsa, chol, barmoq, savribuzar, samburu, bandikuchuk, oqpichoq. Qonjigʻali 14 ta urugʻga: qoraursoq, noʻgʻay, ulus, moltaka, chullik, qoʻldovli, chala, quyun, qorabuvra, qora, doʻska, koʻrtoʻgʻay, jelkillak, toʻpqora. Oyinlilar 12 ta urugʻga boʻlingan: oytamgʻa, churon, kachay, beshbola, hojibachcha, oqtona, tupor, kal, qovgʻa, turkman, qoraqalpoq, qora. Tortuvli 6 urugʻga boʻlingan: toʻgʻiz, moʻnka, oboxli, maydatoʻba, oʻr, choʻpoq. Qoʻngʻirotning butun urugʻi shuʼbalari-tarmoqlari Amudaryo havzasida, Buxoroning Gʻuzor, Sherobod, Qoʻrgʻontepa viloyatlarida boʻladilar. Buxoroda koʻchmanchi umr kechiradilar. Xorazmdagilar esa oʻtroqdirlar. Nayman qabilasi, buning aymogʻi uchta: Qoʻshtamgʻali, Uvaqtamgʻali, Sadir. Xorazm va Samarqand atrofida boʻladilar. Kenagas besh aymoqdan iboratdir: Qayurasali, Qaroqli, Ochamayli, Jikqut, Aboqli. Bular Xiva va Shahrisabz atrofida boʻladilar. Mangʻit, uch aymoqdan iboratdir: Toʻq mangʻit, Oq mangʻit, Qora mangʻit. Bular Xiva va Qarshi atrofida boʻladilar. Tuyoqli. Samarqand va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida boʻladilar. Moʻytan. Samarqand va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida boʻladilar. Saroy. Shahrisabz, Yakkabogʻ hududida oʻrnashgan. Borin. Fargʻona viloyati va Kattaqoʻrgʻon tumanida yashaydilar. Xitoy. Toshkent vilyati, Samarqand, Qashqadaryo viloyatida yashaydilar. Shu nom bilan atalgan qishloq va shaharchalarga Toshkent viloyati va Qashqadaryoning Muborak tumani hududlarida mavjud. O'zlarini QoraXitoy, Xitoy, Qitoy yoki Htay deb atashadi. Qadimgi 20 ta turkiy urug'ning biri bo'lib bu urug' hozirgi Xitoy davlatining 95% aholisini tashkil qiluvchi Xanlarga aloqador emas. Qipchoq. Samarqand, Kattaqoʻrgʻon tumanla-rining muhim joylarini egallaganlar. Xiva va Fargʻonada bular ozchilikni tashkil qiladilar. Ming. Samarqand, Panjakent, Jizzax taraflarida va Fargʻonada boʻladilar. Uch urugʻ: Misit, Tomo, Yebu. Buxoroning Ziyoviddin hududida yashaydilar. Burqut. Chelak va Karmana atroflarida. Arlot. Qorakoʻlda. Qangli. Jizzah hududida. Qirq, Yuz, Ming, Jizzax tumanida. Batash. Qarshi, Gʻuzor taraflarda yashaydilar. Qoraqalpoq besh aymoqdan iborat: Qoraqoʻyli, Qora singir, Oymavut, Istek, Ochamayli. Bular Amudaryo havzasi va Samarqandning shimolida Oqtepada boʻladilar.

Oʻzbek urugʻlaridagi shevalar Oʻzbeklarning eski shevalarini va odatlarini oʻziga xos tarzda saqlaganlari, asosan Jizzax tumanida boʻladilar (Qirq, Qanggʻli, Soliq, Turk, Turkman, Nayman, Mangʻit, Qitoyyuz, Suloqli, Tuyoqli, Olacha, Burqut, Serkali, Baymoqli, Jaloyir, Kirgiz, Yuz, Quyon tuyoqli, Parchayuz, Qarabcha, Qushchi, Uroqli, Toʻqjori, Qoʻshtamgʻali, Saroy, Qonjigʻali). Faqat bu qabilalarning nufuzi juda ozdir. Sharqiy Buxoroda koʻchmanchilik hayotini toʻla tark etmaganlar Dushanbe atrofida „Laqay“, „Marqa kichik yuz“, Fayzobod atrofinda „Qarluq“ kabi qabilalardir.