Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich (Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич; 1969-yil 10-iyul, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani) — oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi. 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Taʼlim va ilm-fan vaziri. 2008-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosiTashqi siyosat masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida.

Hayoti Taʼlim 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyati 1991—1995-yillarda „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Sirdaryo filialida boʻlim mutaxassisi, „Oʻzsanoatqurilishbank“ning Zarafshon boʻlimi pul muomalasi boʻlimida bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Zarafshon boʻlimi boshqaruvchisi, 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimining oʻrinbosari, 1996—2000-yillarda Oʻzbekiston Milliy banki Navoiy boʻlimi boshqaruvchisi, 2000—2008-yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, 2008-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi aʼzosihttp://senat.gov.uz/ru/senators/view/28. Erkinjon Turdimov 2008—2016-yillarda Navoiy viloyati hokimihttps://lex.uz/docs/2624289Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida, 2009—2016-yillarda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, 2016—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2018—2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasida ishlagan. 2025-yil yanvar oyidan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2026-yil 9-oktyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi.

Ommaviy chiqishlari Erkinjon Turdimov vaqti-vaqti bilan OAV nazariga tushib turadi. Jumladan, 2018-yilda soxta hisobot bergan rahbarlarni jazolashni taklif qilishi.

2019-yilda Turdimov qurilishdagi pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yoʻl ochganligi haqida ham gapirib oʻtgan. 2020-yilda Samarqand viloyatida sogʻlom turmush tarzi targʻiboti doirasida viloyatdagi barcha rahbarlarni 10 kun davomida ishga piyoda qatnashga chaqiruvi ham muhokamalar keltirib chiqargan edi.

Mukofotlari 2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Erkinjon Turdimov Afgʻoniston vazirligi medali bilan taqdirlangan. Medalni Afgʻoniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy topshirgan.

2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sahifasi Telegramda Rasmiy sahifasi Facebookda Rasmiy sahifasi Twitterda Rasmiy sahifasi Instagramda Rasmiy videolari YouTubeda

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari