Andranik Madadyan (ingl. Andranik Madadian, arm. Աճընքոկը Մահադեան, fors. آندرانیک مددیان) - Eronlik arman millatiga mansub qoʻshiqchi. 1956-yilning 15-aprel kuni Tehronda tugʻilgan. Andranik Madadyan koʻproq «Andy» taxallusi bilan mashhur.

Biografiyasi va karyerasi Andranik Madadyan armyan oʻz karyerasini 80-yillarda Andy&Kouros dueti tarkibida boshladi. 1985-1992-yillarda ushbu guruhning toʻrtta albomi chiqdi. Ushbu albomlar tufayli Andranik Madadyan butun Eron-Fors pop-musiqasi tarixida eng mashhur qoʻshiqchiga aylandi. 1992-yilda Kouros guruhi tarqalib ketdi va Andranik Madadyan yakka sol karyerasini boshladi. Andranik toʻrt marta yilning eng yaxshi Arman qoʻshiqchisi va oʻnyillikning eng yaxshi Fors qoʻshiqchisi deb topildi. Yakka sol karyerasi davomida 15 ta albom chiqardi.

Andranik Madadyan fors, arman, arab, hind, ingliz va ispan tillarini biladi. Hozirda AQSHning Los-Anjeles shahrining arman mahallasida istiqomad qiladi.

Diskografiya «Kouros» safida 1985: Khastegari 1988: Parvaz 1990: Balla 1991: Goodbye 2006: Andy & Kouros Vol. 1 2006: Andy & Kouros Vol. 2

Oʻz albomlari 1992: Beegharar 1994: Laili 1995: Tanhaee 1996: Devoted 1998: Silk Road 1999: Nune 2000: Andy My Heart... 2001: Yaran 2002: Khalvateh Man 2003: Orere Seero 2004: Platinum 2006: City of Angels 2007: Airport

Havolalar Rasmiy sayti Lovers Website Andranik Madadyan YouTube.com

Yana qarang Afshin (qoʻshiqchi)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik erkak pop-qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar