Otabek Mahkamov (1984-yil 5-sentabr kuni Fargʻona yoki Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik kino aktyor, huquqshunos, bloger va Internet persona. Mahkamov bir necha oʻzbek filmlaridagi yordamchi rollari bilan eʼtibor qozongan. Mahkamov odatda salbiy rollarni oʻynaydi. U yana oʻzbek qoʻshiqchilarning bir necha klipida ham rol oʻynagan, jumladan, Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida.

Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi. 2016-yilda Mahkamov New York shahriga koʻchib borib, YouTubeda video blog yuklay boshladi.

Hayoti Otabek Mahkamov 1984-yil 5-sentabrda yoki Fargʻona, yoki Toshkent shahrida tugʻilgan. Mahkamov bergan ayrim intervyularida tugʻilgan shahri Toshkent ekanligini, boshqa intervyularida esa Fargʻonada tugʻilganini aytgan. Otasi Abduvahob Sattorovich Mahkamov yoshligida vafot etgan. 2009-yil onasi Raʼno Erkinovna vafot etgan.

Ish faoliyati Oʻzbekistonda chop etiladigan gazetalarda yozilishicha, Mahkamov huquqshunoslik boʻyicha oliy maʼlumotga ega va shu sohada faoliyat olib boradi. Gazeta-jurnallarda tarqatilgan maʼlumotga koʻra, u hozir Oʻzbekiston hisobchilar va auditorlar milliy birlashmasida dars beradi.

Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda qisman eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi.

Mahkamov filmlarda rol oʻynash bilan birga oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar kliplarida ham rollar ijro etib turadi. Jumladan, aktyor Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida rol oʻynagan.

Mahkamov yana mashhur kishilardan intervyu olib, ularni turli xil gazeta-jurnallarda chop etgan. Shu kungacha u Cary-Hiroyuki Tagawa, Frédéric Diefenthal, Armand Assante, Ennio Morricone, va Mithun Chakrabortylardan olgan intervyularini chop etgan.

Mojarolar 2015-yilda Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri va olgan taʼlimi ha haqda xil va yolgʻon maʼlumotlarni berib borgani xabar qilnindi. Bu haqda ilk batafsil maʼlumot 2015-yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida boʻlgan „Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi. 2015-yilning 8-mart kuni Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi. Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi, lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi bildirildi. Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni inkor etdi.

Filmografiyasi Film Yil Film Rol Izoh2010 Boʻrilar 3: Oxirgi qarz Jinoiy qidiruv vakili Baxt izlab Prokuror Onaizor Oʻyinchoq magazini direktori Oʻgʻrigina kelin Xaridor2011 Erka kuyov Prokuror Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat Tarjimon Majruh Tergovchi Nafs Butik direktori Yuzma-yuz Tender komissiyasi boshligʻi2012 Akajonim xizmatingizdamiz Advokat Bardosh Muhandislik shirkati egasi Jodugar Advokat Koreyalik kelin Sudya Mehribonim Tergovchi Men yulduzman Produser Oqpadar Bankchi Soddagina qiz Sudya Xazina Jinoiy qidiruv vakili Yondiradi-kuydiradi Kuyov Yoningdaman Tadbirkor Oʻjar kelin Shifokor2013 Bir kunlik xoʻjayin Shifokor Farzandim 2 Shirkat direktori yordamchisi Fotima Restoran direktori Gunoh Shirkat direktori oʻrinbosari Jannatdagi boʻri bolasi Arxivchi Koʻcha Shifokor Oktyabr yomgʻiri Fizika oʻqituvchisi Parchalangan xayol Ruhshunos Qora qanotli farishta Bankchi Panjara Advokat Rashk Notarius kontorasi ishchisi Turist Oʻtkinchi Xazon Bosh qahramonning amakisi Oʻlim farishtasi 2014 Koʻrgim keladi Tergovchi Qora mushuk 2015 Baxt ortidagi dard Tergovchi Onasini bolasi Sovchi Qizalogʻim Yurist Yetti olam Yuragim seniki Sevgi, balki bu jannat 2 Rashk 22016 Balli, Kamoliddin Kliplar Yil Qoʻshiq nomi Artist2012 „Meni kuchliroq sev“Ozodbek Nazarbekov „Jonim mening“Otabek Mutalxoʻjayev „Kel yorim“Rashid Holiqov „Seni sevaman“Ulugʻbek Qodirov2013 „Bevafo yor“Botir Yaminov „Rolling in the Deep“Shirin2014 „Yogʻadi yomgʻir“Benom „Yorim“Munisa Rizayeva „Devonalarmiz“Yulduz Usmonova2015 „Qaley-qaley“Otabek Mutalxoʻjayev

Manbalar

Havolalar

Otabek Mahkamov Kinopoisk.ru saytida Otabek Mahkamov — buyuk sayyoh , Celebrities, 28.08.2012