Magistr (lotincha magister — boshliq, ustoz): Magistr — ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi; Magistr (lavozim) — Qad. Rimda bir necha lavozim (mas, diktator yordamchisi, imperiyaning soʻnggi davrida bosh qoʻmondon). Keyinchalik Yevropada ulugʻ magistr (grossmeyster) — katolik ruhoniy-ritsarlar jamoasining boshligʻi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar