Baliqchi — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi shahar. Tuman markazi. Tumanning shimoli-gʻarbiy qismida. Qoradaryo sohilida joylashgan. Aholisi 20 mingdan ziyod. Shahar aholisi aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band va korxonalarda, kasb-hunar kollejlarida ishlashadi. Tumanning chekka joylarida paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Katta Fargʻona kanalidan suv ichadi. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, tibbiyot punkti bor.

Baliqchida 8 ta kasb-hunar kolleji mavjud:

Baliqchi industrial-pedagogika kasb-hunar kolleji. Manzili: Baliqchi shahar 11-uy Baliqchi iqtisodiyot kasb-hunar kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Chinobod q./ Baliqchi tibbiyot kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Yettiqashqa q./ Baliqchi agrosanoat kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Siza q./ Baliqchi sanoat va transport kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Goʻravon q./ Baliqchi pedagogika ijtimoiy iqtisodiyot kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Olimbek q./ Baliqchi qishloq xoʻjaligi kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Oʻrmonbek q./ Baliqchi qurilish kasb-hunar kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Chinobod qishlogʻi.

Manbalar

Turkum:Baliqchi tumani aholi punktlari