Hamdam Haydaraliyev (aslida Toshxoʻja Rasulxoʻjayev) (1887, Namangan — 1922, Shahrixon) — oʻzbek xalq professional artisti, raqqos, ashulachi, chavandoz. Sahnada katta ashula, raqs bilan lapar ijro etgan. "Ot oʻyin" tomoshasida otning buyni va qornidan aylanish, egar ustida charx urish, ot ustida tik turib otni choptirish, 2 — 3 ot ustidan birbiriga sakrab oʻtish, maymun oʻynatish va boshqa oʻyinlarni namoyish qilgatch. Rus, fors, arab, turk tillarini yaxshi bilgan, shu tillarda ashula aytgan, raqslar ijro etgan. "Koʻp erdi", "Bir kelib ketsun", "Noma yozding" kabi katta ashulalarni taqsimcha tutib otasi bilan aytgan. Oʻzi yozib ijro etgan "Noz oʻzga-chayu, sitam boʻlakcha" ashulasi el orasida mashhur.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Hamdam Haydaraliyev · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.