Gʻarbiy Avstraliya oqimi - Hind okeanidagi sovuq yuza oqim. Gʻarbiy Shamollar oqimining Avstraliya gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi shim. tarmogʻi. Janubdan shimolga yoʻnalgan. Suvining temperaturasi qishda 15—19° dan yozda 21—26° gacha. Tezligi yoz oylarida 0,9—1,8 km/soat, qishda sekinlashadi. Janubiy yarim sharning tropiklarida Janubiy passat oqimiga aylanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Gʻarbiy Avstraliya oqimi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.