Yangibozor — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi shaharcha, tuman markazi (1950-yildan). Yangibozor Toshkent — Samarqand — Urganch — Nukus avtomobil magistrali yoqasida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kogon (42 km). Viloyat markazi (Buxoro shahri)dan 35 km. Aholisi 5591 kishini tashkil etadi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari AmuBuxoro mashina kanalidan suv oladi. Non kombinati, 2 ta qurilish tashkiloti, 4 ta aksiyadorlik jamiyati, 130 ta kichik va oʻrta biznes subyektlari va boshqalar korxonalar, avtovokzal, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
Manbalar
Turkum:Peshku tumani shaharchalari