Abdusattor Eshonqulov (1916-yil, 2-oktyabr, Toshkent — 1997-yil, 12-sentyabr, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mayor. Toshkent toʻqimachilik kombinatida usta yordamchisi boʻlib ishlagan. 1937-yildan armiyada. Volsk harbiy aviatsiya texnika bilim yurtini (1939), Voronej uchuvchilar harbiy aviatsiya maktabini (1942), Balashov uchuvchilar harbiy aviatsiya maktabini tugatgan (1943). 1944-yildan 62-shturmchi aviatsiya polki (2-Belorussiya fronti, 4-havo armiyasining, 233-shturmchi aviatsiya diviziyasi) zveno komandiri. Eshonqulov 1945-yil aprelgacha 100-marta jangovar parvoz qilib, dushman qismlariga anchagina talafot keltirgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945.18.8). Urushdan keyin harbiy havo kuchlari aviatsiya qismlarida xizmat qilgan.
Manbalar
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:10-fevralda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:9-dekabrda vafot etganlar