Etnik antropologiya va irqshunoslik — antropologiyaning odamzod irqlarining kelib chiqish tarixi, sabablari va Yer yuziga tarqalishi hamda xalqlarning antropologik tarkibini oʻrganuvchi sohasi. Millat va irq, odamzod turlarining birligi, monogenizm va poligenizm, odamzod guruhlari va uning tarkiban antropologik bir xillik darajasini aniqlash, irqlarning klassifikatsiyasi, dunyo xalqlarining antropologik sostavi, paleoantropologiya va politsentrizm hamda monotsentrizm nazariyalari, irqlarning hozirgi davrda tarqalishi va odamzod birligi, irqiy belgilarning oʻzgaruvchanligi, irqlarning qorishuvi masalalari ustida ish olib boradi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Etnik antropologiya va irqshunoslik · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.