Chitir () — butguldoshlar (karamdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, begona oʻt. Oʻzbekistonda tukli Ch. () va turkiston Ch.i () turlari uchraydi. Tukli Ch. boʻyi 50-60 sm, poyasi oddiy yoki shoxlangan. Barglari bandli, ellipssimon, cheti tekis. Toʻpguli shingil. Qoʻzoqlari 3—8 sm. Aprel—mayda gullab, urugʻ beradi. Togʻ yon bagʻirlari, soy boʻylari, shuningdek, sugʻoriladigan dalalar va lalmi gʻallazorlarda begona oʻt sifatida oʻsadi.

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar