Chagʻdavul, changdovul (moʻgʻulcha — chagʻdaul, chagʻduul) — 1) Chingiziylar, Temuriylar armiyasida qoʻshinning ortaryergard qismi. Unga shahzodalar va tajribali lashkarboshilar qoʻmondonlik qilgan; 2) qoʻshinning ort (aryergard) qismi qoʻmondoni. Xiva xonligida otliq qorovul sardori ham chagʻdavul deb yuritilgan. Buxoro xonligida harbiy mansablardan biri hisoblanib, qorovul, yoʻlchi va josusdan yuqori turgan. Ayni paytda aryergard qoʻshinida xizmat qiluvchi askar ham chagʻdavul istilohi bilan ifodalangan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Chagʻdavul · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.