20-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 324- (kabisa yilida 325-) kuni. Yil yakuniga 41 kun qoladi.

Bayramlar Yana qarang: :Turkum:20-noyabr bayramlari

Argentinada Milliy Suverenitet kuni. Afrikani sanoatlashtirish kuni. Meksika inqilobi kuni. Vyetnamda O‘qituvchilar kuni. Xalqaro Bolalar kuni. Buyuk Britaniyada Qirolichaning to‘yi kuni.

Voqealar right|200px|Budapeshtskiy zamok Yana qarang: :Turkum:20-noyabr voqealari 284 — Diokletian Rim imperatori bo‘ldi. 1695 — Braziliyadagi Quilombo dos Palmeras qabilasining oxirgi hukmdori portugaliyaliklar tomonidan qatl qilindi. 1818 — Simon Bolivar Venesuela mustaqilligini eʼlon qildi. 1873 — Buda va Pesht Budapeshtga (suratda) birlashdi. 1910 — Meksika inqilobi boshlandi. 1917 — Ukraina Respublikasi tashkil topdi. 1940 — Vengriya Ikkinchi jahon urushida fashistik blokka qo‘shildi. 1945 — Germaniyada 24 nafar urush aybdorlari ustidan Nyuremberg sud jarayonlari boshlandi. 1959 — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi “Bola Huquqlari to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qildi. 1962 — Karib inqirozi tugadi. 1969 — Amerika hindulari Alkatras orolini egalladi. 1977 — Misr prezidenti Anvar Sadat Isroilga tashrif buyurgan ilk arab davlati rahbariga aylandi. 1979 — Notabiiy qon quyish muvaffaqiyatli bajarildi. 1979 — 200 nafar isyonchi Makka shahridagi Masjidul Haromda 6 mingga yaqin ziyoratchini garovga oldi. 1985 — Microsoft Windows 1.0 operatsion tizimi ishga tushirildi. 1989 — Pragada Baxmal Inqilobi boshlandi. 1994 — Angola hukumati isyonchilar bilan fuqarolar urushini tugatish bo‘yicha bitim imzoladi.

Tavalludlar Yana qarang: :Turkum:20-noyabrda tugʻilganlar 270 — Rim imperatori Gay Yuliy Ver Maksimin tug‘ildi. 1942 — AQSH vitse-prezidenti Jo Bayden tug‘ilgan.

Vafot etganlar Yana qarang: :Turkum:20-noyabrda vafot etganlar 1910 — rus yozuvchisi Lev Nikolayevich Tolstoy vafot etdi. 1975 — Ispaniya diktatori Franko vafot etdi.

Havolalar

days.peoples.ru http://sof.uz/news/show/20-noyabrda-sodir-bulgan-eng-muhim-voqea

Turkum:Sana *