Urugvaylar (oʻzlarini uruguayo deb atashadi) — xalq. Urugvayning asosiy aholisi (2,7 mln. kishi). Umumiy soni 2,83 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. U., asosan, XVI—XVIII asrlardagi ispan kolonistlari avlodi. XIX asr oʻrtalaridan Yevropadan, asosan, ispanlar, italyanlar va fransuzlar koʻchib kelishgan. Tub joy aholiga mansub indeyslarning charrua va boshqa qabilalari XIX asr boshlarida qirib tashlangan. Asosiy mashgʻuloti — chorvachilik; bir kismi oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoatida band.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Urugvaylar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.