Mamatxon Ubaydullayev (1925.3.3, Namangan) – Oʻzbekiston xalq artisti (1982), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (30.09.1957). 1943-yildan Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida ishlaydi. „Ogʻriq tishlar“dagi Mamarasul, „Otello“da Yago, „Maysaraning ishi“da Choʻpon, „Ona qalbi“da Erkin, „Shubha“da Haydar, „Qirol Lir“da Graf Emond, „Nurxon“da Mamat, Hoji, „Tohir va Zuhra“da Qorabotir, „Hamlet“da Hamlet, „Sarvqomat dilbarim“da Ilyos, „Ezop“da Ksaf, „Aziz va Sanam“da Junaidxon kabi rollarni oʻynagan. Qahramonlarini nozik psixologik kechinmalar orqali ifoda etish, nutq va harakatlarning rang-barangligi, kuchli temperament Ubaydullayev ijodining yetakchi xususiyatlaridan. „El-yurt hurmati“ ordeni (1998), „Shuhrat“ medali (1993) bilan mukofotlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar