Toʻqtagʻul GES — Norin daryosi (Qirgʻiziston Respublikasi)da qurilgan elektr stansiya. Irrigatsiyaenergetika maqsadlarida, murakkab topografik va seysmik sharoitlarda barpo etilgan. Toʻgʻonining bal. 216 m. Norin daryosi oqimini koʻp yillik tartibga soladigan Toʻqtagʻul suv omboridan chiqariladigan suv oqimida ishlaydi. Styada umumiy quvvati 1200 MVt (quvvati 300 MVt boʻlgan 4 gidroagregat oʻrnatilgan). Bir yilda oʻrtacha 5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Gidroagregatlar 2 qavat qilib oʻrnatilgan va stya binosi tor darada joylashtirilgan. Oʻrta Osiyo birlashgan energetika tizimiga ulangan.

Turkum:Energetika Turkum:Elektr stansiyalar (kompaniya) Turkum:Norin-Sirdaryo trakti Turkum:SSSR gidroelektr stansiyalari Turkum:Qirgʻiziston gidroelektr stansiyalari Turkum:Qirgʻizistondagi toʻgʻonlar Turkum:Norin daryosidagi toʻgʻonlar Turkum:Toʻqtoʻgʻul tumaniTurkum:Toʻqtoʻgʻul tumani aholi punktlari