Tura, turo, toʻro (qad. turkcha — turmoq) — odam boʻyicha keladigan qalqon, sipar. "T." atamasi ilk bor Maxmud Koshgʻariyning "Devonu lugotit turk" asarida qoʻllangan. Temuriylar, Shayboniylar qoʻshinida keng qoʻllanishda boʻlgan. Askarlar T.ni oldilarida ushlab, uning panohida dushmanni kamon yoki miltiqsan oʻqqa tutganlar. Qoʻrgʻon yoki qalʼalarni olihda T. ayniqsa qoʻl kelgan. Jangchilar T. bilan himoyalangan holda shotilar orqali devorga chiqib gʻanimga zarba bergan. Aksariyat undan piyodalar foydalangan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tura (qalqon) · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.