Tavfiq al-Hakim (9-oktyabr 1898-yil; Iskandariya – 26-iyul 1987-yil; Qohira) – Misrlik arab yozuvchisi va jamoat arbobi. Qohiradagi „Arab tili akademiyasi“ aʼzosi.

Hayoti Tavfiq al-Hakim 1898-yil 9-oktyabrda Iskandariyada tavallud topgan. 1924-yilda Qohiradagi Oliy yuridik maktabni tugatgan. Parijda Yevropa xalqlari adabiyoti va sanʼatini oʻrgangan. 1927–1934-yillarda adliya idoralarida tergovchi, 1934–1943-yillarda maorif va taʼlim vazirliklarida ishlagan. 1959–1960-yilda Misrning YUNESKOdagi vakili boʻlgan. Ijodi asosan mustamlakachilikka qarshi kurash, xotin-qizlar ozodligi mavzulariga bagʻishlangan.

Tavfiq al-Hakim arab adabiyotida ijtimoiy turmushni tasvirlovchi birinchi roman („Ruhning qaytishi“, 1933) muallifi. Adabiyot sohasidagi Misr Davlat mukofoti laureati (1961). Uning „Tugʻyon“ romani (1974) va ayrim hikoyalari oʻzbek tilida nashr etilganhttps://ziyouz.uz/jahon-nasri/tavfiq-al-hakim-1898-1983-misr/.

Asarlari

„Chaqirilmagan mehmon“ (1918); „Yangi ayol“ (1924); „Ruhning qaytishi“ (1933) „Naychi“ (1934); „Provinsiya tergovchisining xotiralari“ (1937); „Shahrizoda“ (1934); „Pigmalion“ (1942); „Qamoqxona hayoti“ (1964) „Parmachining taqdiri“ (1966); „Tugʻyon“ (1974).

Manbalar