Skopye (, , , ; ; ) — Shimoliy Makedoniyaning poytaxti va eng yirik shahri. Skopye hududi kamida miloddan avvalgi 4000 yil avval tashkil topgan. Hozirgi zamonaviy shahar markazida joylashgan eski Skopye qal’asi ichidan neolit davriga oid turar-joylarining qoldiqlari topilgan. Dastlab Paeoniya qirolligiga qarashli boʻlgan Scupi miloddan avvalgi II asrda Dardaniyaning poytaxtiga aylandi. Milodiy I asr arafasida shahar rimliklar tomonidan bosib olinib, harbiy lagerga aylantirilgan. Miloddan avvalgi 395-yilda Rim imperiyasi sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingach, Scupi Konstantinopoldan Vizantiya hukmronligi ostiga oʻtadi. Ilk oʻrta asrlarda shahar Vizantiya va Bolgariya imperiyasi oʻrtasida talash boʻldi.

1282-yildan shahar Serbiya imperiyasining tarkibiga kirgan va 1346-yildan 1371-yilgacha uning poytaxti boʻlgan. 1392-yilda Skopye Usmonli turklari tomonidan bosib olinadi va uni () deb nomlashadi. Shahar 500 yildan ortiq vaqt davomida Usmonlilar nazorati ostida boʻlib, Üsküb pashasanjagining (Usmonlilar davlatida viloyatdan kichikroq boʻlgan mamuriy birlik sanjak deb ataladi) poytaxti boʻlib xizmat qilgan va keyinchalik Kosovo viloyatining poytaxti boʻlgan. 1912-yilda Bolqon urushi paytida Serbiya Qirolligi tarkibiga qoʻshib olingan. Birinchi jahon urushi paytida shahar Bolgariya Qirolligi tomonidan bosib olingan va urushdan keyin yangidan tashkil etilgan Yugoslaviya qirolligi tarkibiga kiruvchi Vardarska Banovina provintsiyasi poytaxti boʻlgan. Ikkinchi jahon urushida shahar yana Bolgariya tomonidan bosib olindi va 1945-yilda Yugoslaviya tarkibidagi federativ davlat boʻlmish Makedoniya SR poytaxti boʻldiJohn B., Bell, Martin, Conflict in the former Yugoslavia: an Encyclopedia, ABC-CLIO, 1998, p. 270, .. 1963-yilda shaharda halokatli zilzila sodir boʻlgan.

Skopye Vardar daryosining yuqori oqimida, Belgrad va Afina oʻrtasidagi shimoliy-janubiy Bolqon yoʻlida joylashgan. Shahar metallni qayta ishlash, kimyo, yogʻoch, toʻqimachilik, charm va poligrafiya sanoatining markazi hisoblanadi. Shahar sanoatining rivojlanishi bilan savdo, logistika, bank sohalari, transport, madaniyat va sport sohalariga ham eʼtibor qaratildi. 2021-yildagi soʻnggi rasmiy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Skopye shahar hududida 422,540 aholi istiqomat qiladi.

Nomi

Shahar nomi „Scupi“ nomidan kelib chiqqan boʻlib, u yaqin atrofdagi ilk paeoniyalik aholi punktining (keyinchalik Dardaniya poytaxti va keyinchalik Rim koloniyasi) nomi edi. Bu nomning maʼnosi nomaʼlum, , lekin bir gipotezaga koʻra, u (lit. „kuzatuvchi, tomosha qiluvchi“ (uning butun joyni kuzatish mumkin boʻlgan baland joydagi holatidan kelib chiqib)) soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkinJohn Everett-Heath, The Concise Dictionary of World Place Names, Edition 3, Oxford University Press, 2017, , Skopje..

Antik davrdan soʻng Scupi turli odamlar tomonidan ishgʻol qilingan va shuning uchun uning nomi bir necha bor bir necha tillarga tarjima qilingan. U proto-alban fonetik qoidalariga rioya qilgan holda slavyan shaklida qabul qilingan. Shunday qilib, Scupi „Skopye“ va keyinchalik turklar uchun „Üsküb“ (usmonli turkcha:) deb nomlandi. Bu nom gʻarb tillarida „Uskub“ yoki „Uskup“ soʻzlariga moslashtirilgan va bu ikki nom Gʻarb dunyosida 1912-yilgacha qoʻllangan. Baʼzi Gʻarb manbalarida „Scopia“ va „Skopia“ni ham keltirgan. Aslida Skopiya aroman tilidagi shahar nomidir. Hozirgi vaqtda mahalliy alban aholisi shaharni „Shkup“ va „Shkupi“ deb atashadi, ikkinchisi aniq shakldir.

1912-yilda Vardar Makedoniyasi Serbiya Qirolligi tomonidan qoʻshib olinganida, shahar rasman „Skople“ga (Serb kirillida: Skopљe) oʻzgardi va bu nom koʻplab tillar tomonidan qabul qilingan. Ikkinchi jahon urushidan keyin, standart makedon tili yangi Makedoniya Sotsialistik Respublikasining rasmiy tiliga aylanganida, mahalliy talaffuzni aks ettirish uchun shahar nomi oxir-oqibat „Skopye“ () deb yozildi.

Jugʻrofiyasi Topografiyasi Skopye mamlakat shimolida, Bolqon yarim orolining markazida, Belgrad va Afina oʻrtasida joylashgan. Shahar Skopye vodiysida, Gretsiyadagi Egey dengiziga quyiladigan Vardar daryosi boʻyida qurilgan. Vodiyning kengligi taxminan 20 km (12 mil) boʻlib, shimol va janubda bir nechta togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Skopye shahri hududi oʻzining maʼmuriy chegaralari boʻyicha 33 kmdan (21 mil) koʻproqqa choʻzilgan, lekin uning kengligi atigi 10 kmdir (6.2 mil).

Skopye dengiz sathidan taxminan 245 m balandlikda joylashgan va umumiy maydoni 571,46 km2ni tashkil qiladi. Urbanlashgan hudud faqat 337 km2ni qamrab oladi, aholi zichligi gektariga 65 kishini tashkil qiladi. Skopyega tutash hududlarda koʻplab qishloqlar va boshqa aholi punktlari, jumladan Drachevo, Gorno Nerezi va Bardovcini joylashgan. 2021-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Skopye shahrining oʻzida aholi 422 540 kishini va uning maʼmuriy chegaralariga tutash hududlarda 526 502 kishini tashkil qiladi.

Skopye shahri hududi shimoli-sharqda Kosovo chegarasigacha yetib boradi. Chucher-Sandevo, Lipkovo, Arachinovo, Ilinden, Studenichani, Sopiste, Zelino va Jegunovce munitsipalitetlari bilan chegaradosh.

Gidrografiya

Skopyedan Vardar daryosi oqib oʻtadi. ushbu daryoning oʻrtacha oqishi 51 m3/s ni tashkil qiladi, fasllarga qarab oʻzgarishi ham mumkin va may oyida 99,6 m3/s va iyulda 18,7 m3/s gacha oʻzgaradi. Suv harorati yanvarda 4,6 °C va iyulda 18,1 °C boʻladi.

Shahar chegarasida Vardarga bir qancha daryolar tutashadi. Ularning eng kattasi Treska daryosi boʻlib, uning uzunligi 130 km (81 mil). Bu daryo Vardar daryosiga qoʻshilishidan oldin Skopye shahrining gʻarbiy chekkasidagi Matka kanyonidan oqib oʻtadi. Kosovodan oqib keluvchi Lepenak daryosi shahar hududining shimoli-gʻarbiy qismida Vardar daryosiga quyiladi. Shimoliy tomondan oqib keluvchi Serava daryosi 1960-yillargacha Eski bozordan oqib oʻtib, suvlari juda iflos boʻlgani uchun Gʻarbga burilgan. Dastlab u Makedoniya fanlar va sanʼat akademiyasining qarorgohi yonida Vardar daryosiga quyilardi. Hozirgi vaqtda esa Scupi xarobalari yaqinidagi joyda Vardarga quyiladi. Nihoyat, manbasi Vodno togʻida joylashgan Markova Reka daryosi shaharning sharqiy chekkasida Vardar bilan tutashadi. Bu uchta daryoning uzunligi salkam 70 km (43 mil) tashkil qiladi.

Skopye shahri Treska daryosi boʻyida ikkita sunʼiy koʻlni mavjud. Matka koʻli 1930-yillarda Matka kanyonida toʻgʻon qurilishi natijasi paydo boʻlgan, Treska koʻli esa 1978-yilda dam olish maskani tashkil qilish maqsadida qazilgan Shahar hududining shimoli-sharqiy chekkasida, Smilkovski yaqinida uchta kichik tabiiy koʻlni ham mavjud.

Vardar daryosi tarixan koʻplab toshqinlarga sabab boʻlgan, masalan, 1962-yilda uning toshib chiqishi 1110 m3/s−1 ga etgan. 1994-yilda Treska daryosida Kozjak toʻgʻoni qurilganidan soʻng toshqin xavfi nolga yaqinlashdi.

Geologiyasi

Skopye vodiysi gʻarbda Šar togʻlari, janubda Jakupica tizmasi, sharqda Osogovo tizmalariga tegishli togʻlar va shimolda Skopska Crna Gora tog'lari bilan oʻralgan. Jakupica togʻlarining bir qismi boʻlgan Vodno togʻi, shaharning chekka qismida joylashgan va uning eng baland nuqtasining balandligi 1066 m ni tashkil qiladi.

Skopye shahri Vodno togʻi etagida qurilgan boʻlishiga qaramay shahar hududi asosan tekisliklardan iborat. U oʻrmon va parklar bilan qoplangan bir nechta kichik tepaliklar: Gazi Baba tepaligi (325 m), Zajčev Rid (Zaychev Rid) (327 m), Vodno togʻining etaklari (eng kichigi 350 dan 400 m balandlikda) va Skopye qal’asi qurilgan tepaliklardan iborat.

Skopye vodiysi Afrika va Yevroosiyo tektonik plitalari orasidagi seysmik yoriq yaqinida joylashgan va bu yerda muntazam seysmik faollikni kuzatiladi. Yer qaʼrining gʻovakli tuzilishi bu faollikni kuchaytiradi. 518-, 1555- va 1963-yillarda Skopyeda yirik zilzilalar sodir boʻlgan.

Skopye vodiysi Vardar geotektonik hududiga mansub boʻlib, uning yer osti qatlami neogen va toʻrtlamchi davrga oid qatlamlardan tashkil topgan. Substrat (ostki qatlam) pliotsen qatlamlaridan tashkil topgan boʻlib, uning tarkibida qumtosh, mergel va turli konglomeratlar uchraydi. U toʻrtlamchi davr qumlarining birinchi qatlami bilan qoplangan, chuqurligi 70 m dan 90 m gacha. Qatlamning tepasida Vardar daryosi olib yuradigan loy, qum va shagʻalning ancha kichik qatlami joylashgan. Chuqurligi 1,5 dan 5,2 m gacha.

Baʼzi hududlarda yer osti qatlamlari karstdir. Bu oʻnta gʻor bilan oʻralgan Matka kanyoni kabi kanyonlarning shakllanishiga olib kelgan. Ushbu gʻorlarning chuqurligi 20 m dan 176 m gachani tashkil qiladi.

Tabiati

Skopye shahri turli xil tabiiy muhitlarni oʻz ichiga oladi va uning faunasi va florasi juda boydir. Biroq, unga qishloq xoʻjaligining intensivlashuvi va shaharlarning kengayishi tahdid solmoqda. Shahar chegaralaridagi eng katta qoʻriqlanadigan hudud Vodno togʻi boʻlib, u mashhur dam olish maskani hisoblanadi. Kanat yoʻli togʻning choʻqqisini shahar markazi bilan bogʻlaydi. Boshqa yirik diqqatga sazovor tabiiy joylar Matka kanyonida joylashgan.

Shaharning oʻzi 4361 gektar maydonni egallagan bir nechta bogʻlar va istirohat bogʻlarini oʻz ichiga oladi. Bular orasida XX asr boshlarida Usmonli turklari tomonidan qurilgan Shahar bogʻi (Gradski Park), parlament yqinidagi Žena Borec bogʻi va Gazi baba oʻrmonidir. Ko‘plab ko‘cha va xiyobonlarga ko‘chatlar ekilgan.

Skopye koʻpincha mamlakatning iqtisodiy qashshoqligi soyasida qoladigan koʻplab ekologik muammolarni boshdan kechiradi. Biroq, Shimoliy Makedoniya qonunining Yevropa huquqi boʻyicha moslashuvi suv va chiqindilarni tozalash va sanoat chiqindilari kabi baʼzi sohalarda taraqqiyotga olib keldi. Skopye dunyodagi eng ifloslangan shaharlardan biri bo‘lib qolmoqda va 2017-yil dekabr oyida ushbu reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Mahalliy iqtisodiyot uchun muhim faoliyat boʻlgan poʻlatni qayta ishlash tuproqning qoʻrgʻoshin, rux va kadmiy kabi ogʻir metallar bilan ifloslanishi va havoning azot oksidi va uglerod oksidi bilan ifloslanishiga olib kelmoqda. Havoning ifloslanishiga avtotransport vositalari va markaziy issiqlik taʼminoti korxonalari ham mas’uldir. Eng yuqori ifloslanish darajasi odatda kuz va qishda sodir boʻladi.

Suv tozalash inshootlari qurilmoqda , lekin juda koʻp ifloslangan suv hanuzgacha tozalanmagan holda Vardar daryosiga quyiladi. Chiqindilar shahardan 15 km (9.3 mil) shimolda joylashgan ochiq havo ostidagi shahar chiqindi poligoniga tashlanadi. Poligonga har kuni 1500 m3 maishiy chiqindilar va 400 m3 sanoat chiqindilaric tashiladi. Skopyeda salomatlik darajasi Shimoliy Makedoniyaning qolgan qismiga qaraganda ancha yaxshiroqdir.

Iqlimi Skopye iqlimi nam subtropik iqlimi (Köppen iqlim tasnifida Cfa) va sovuq yarim qurgʻoqchil iqlimdir (BSk). oʻrtacha yillik harorat 13.5 °C (56 °F). Yogʻingarchilik miqdori shimoli-gʻarbdagi Prokletiye togʻlarida yogʻuvchi yomgʻir soyasi tufayli nisbatan past boʻlib, Adriatik dengizi sohilida bir xil kenglikdagi yogʻingarchilikka qaraganda sezilarli darajada kamroqdir. Yoz uzoq, issiq va nisbatan quruq, namlik esa past boʻladi. Skopyening iyul oyidagi oʻrtacha koʻrsatkichi 31 °C (88 °F)ni tashkil qiladi. Skopyeda bir yilda oʻrtacha harorati 30 °C (86 °F) dan yuqori 88 kun va 35.0 °C (95 °F) dan yuqori 10,2 kun boʻladi. Qishlari qisqa, nisbatan sovuq va namroqdir. Qish mavsumida tez-tez qor yogʻadi, ammo kuchli qor yogʻishi kam uchraydi va qor uyumlari bir necha soat yoki agar sovuq kuchli boʻlsa, bir necha kun turushi mumkin. Yozda harorat odatda 31 °C (88 °F) darajadan yuqori va baʼzan esa 40 °C (104 °F)dan yuqori boʻlishi mumkin. Bahor va kuzda harorat 15 dan 24 °C (59 dan 75 °F)gacha o'zgarishi mumkin. Qishda, kunduzgi harorat taxminan 5-10 °C (41-50 °F) oraligʻida, kechalari 0 °C (32 °F)dan past va baʼzan -10 °C (14 °F)dan past bo'ladi. Odatda, bir yil davomida harorat -13 °C dan 39 °C gacha oʻzgaradi. Yogʻingarchilikning yogʻishi yil davomida bir tekis taqsimlanadi, oktabrdan dekabrgacha va apreldan iyungacha yogingarchilik kuchli boʻladi.

Urbanizm Morfologiyasi