Sinxronizator 1) avtomobillarning uzatmalar qutisida tishli gʻildiraklar (shesternyalar)ni shovqinsiz va turtkisiz ulash uchun ishlatiladigan qurilma. Ishi tishlashadigan detallarning ishqalanishi hisobiga uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val va avtomobilning birlamchi vali bilan bogʻlangan tishli gʻildiraklarning burchak tezliklarini tenglashtirib turishga asoslangan. S. tishli gʻildiraklarning ishlash muddatini uzaytiradi; 2) ikkita sinxron generatorni yoki oʻzgaruvchan tokning bir necha elektr tizimini avtomatik ulash qurilmasi; mashina va mexanizmlarning aylanish tezligini. Blokirovkalovchi halqa davriy jarayonlarning oʻzgarishini, kinofilm yaratishda tasvir bilan tovushni vaqt jihatdan moslash (sinxronlash) uchun ishlatiladigan mashina. Mas, kinoapparat bilan kinoplyonkaga tasvirni tushirish paytida tovush yozib oluvchi apparat yordamida tovush fonogrammaga yozib olinadi va hokazo.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Sinxronizator · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.