Sardoba — Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Yakin temir yoʻl stansiyasi — Yerjar (26 km). Sardobadan viloyat markazi boʻlmish Guliston shahrigacha — 45 km. Aholisi 15,3 ming kishini tashkil etadi (2003). Sardobada tuman hokimiyati binosi, davlat va maʼmuriy tashkilotlar, paxta tozalash zavodi, dehqon bozori, 4 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, kutubxonalar, madaniyat uylari, xotira maydoni, poliklinika, kasalxona, dorixonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oqoltin tumani Turkum:Sirdaryo viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari