Parallelizm (adabiyotshunoslikda) ()— poetik nutq usullaridan va tasvir vositalaridan biri hisoblanadi. P. badiiy matnning oʻzaro bogʻliq qismlaridan nutq unsurlarining oʻxshash yoki aynan bir xilda joylashuvini taqozo etadi. Unda, odatda,ikki hodisa yonma-yon (parallel) qoʻyib tasvirlanadi. Bu, tabiatdan olingan biror obraz bilan inson hayotidan olingan obrazning oʻzaro oʻxshashligini koʻrsatish misolida, shuningdek, bir-biriga oʻxshash ikki obrazning oʻzaro zid tomonlarini qiyoslash shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Mavzusi yoki mantig'iga koʻra bir-birini takrorlamaydigan yoki toʻldiradigan ikki hodisa yonma-yon qo'yilgan hollar ham bo'ladi. P. dastlab xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalib, so'ng badiiy adabiyotda o'zlashtirilgan. Forsiy va turkiy adabiyotshunoslikda P. mutobiqa deyilgan. O'zbek mumtoz nasrida mutobiqaning yetuk namunalari ko'p. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Yana qarang

Parallel

Manbalar