Pandemiya (yunoncha pandemos – yoppasiga, xalqaro) – epidemik kasallikning bir yoki bir necha mamlakat, qitʼa va kontinentda yoppasiga tarqalishidir. Pandemik tarqalish havo-tomchi yoʻli bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos. Gripp kasalligi bunga misol boʻla oladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
"Pandemiya" – yuqumli kasallikning epidemiyasi hisoblanadi. U toʻsatdan koʻpayib, katta mintaqada, masalan, bir nechta qitʼalarda yoki butun dunyo boʻylab tarqaladi va koʻplab odamlarga taʼsir oʻtkazadi. Mavsumiy gripp kabi endemik kasalliklarga chalingan bemorlar sonining koʻpligi pandemiya hisoblanmaydi, chunki bunday kasalliklar butun dunyo boʻylab tarqalish oʻrniga bir vaqtning oʻzida dunyoning katta mintaqalarida sodir boʻladi.
Insoniyat tarixi davomida bir qator kasallik pandemiyalari boʻlgan, masalan chechak pandemiyasi.
Oʻlat tufayli kelib chiqqan qora oʻlim pandemiyasi XIV asrda Yevropa aholisining yarmidan koʻpining oʻlimiga sabab boʻldi. Oʻsha paytda pandemiya atamasidan foydalanilmagan, ammo keyingi epidemiyalar, shu jumladan 1918-yilgi H1N1 gripp A pandemiyasi (odatda ispan grippi deb nomlanadi) uchun ishlatilgan, bu tarixdagi eng halokatli pandemiya hisoblanadi1918 Pandemics (H1N1 virus). Centers for Disease Control and Prevention. Retrieved 18 April 2020.. Eng soʻnggi pandemiyalarga OIV/OITS pandemiyasi, 2009-yilgi choʻchqa grippi pandemiyasi va COVID-19 pandemiyasi misol boʻlishi mumkin. Bu kasalliklarning deyarli barchasi hali ham odamlar orasida tarqalmoqda, ammo ularning taʼsiri juda kam.
COVID-19 pandemiyasiga javoban Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 194 aʼzo davlati 2024-yilgi konvensiyada ushbu shartnoma loyihasini 77 – Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasiga taqdim etish talabi bilan „Pandemiyaning oldini olish, tayyorgarlik koʻrish va unga javob berish boʻyicha“ xalqaro shartnoma muzokaralarini boshladi.
Taʼrifi
Tibbiyot lugʻatida pandemiyaning taʼrifi „xalqaro chegaralarni kesib oʻtadigan, odatda butun dunyo boʻylab odamlarga taʼsir qiladigan va dunyo miqyosda sodir boʻladigan epidemiyadir.“ Kasallik qachonki keng tarqalsa yoki koʻplab odamlarni oʻldirsa va yuqumli boʻlsa pandemiya hisoblanadi. Misol uchun, saraton koʻplab oʻlimlarga sabab boʻladi, lekin u pandemiya deb hisoblanmaydi. Chunki bu kasallik yuqumli emas. Ushbu taʼrif soʻzlashuv tilidan farqli oʻlaroq, nisbatan yengil kasalliklarning tarqalishini oʻz ichiga oladi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) „Xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan sog'liqni saqlash favqulodda holati“ (PHEIC) toifasiga ega boʻlib, „uni kasallikning xalqaro miqyosda tarqalishi orqali boshqa davlatlar uchun aholi salomatligiga xavf tugʻdiradigan va muvofiqlashtirilgan xalqaro javob choralarini talab qilishi mumkin boʻlgan favqulodda hodisa“ deb taʼriflaydi. Ushbu toifaga ajratishning asosida qatʼiy jarayon va chora-tadbirlarning aniq belgilangan yoʻnalishi mavjud.
Pandemiya qadimiy yunonchada παν- „pan-“ „hamma“ yoki „har bir“ va δῆμος „demos“ esa „odamlar“ degan maʼnoni anglatadi.
Profilaktika va chora-tadbirlar
Pandemiyani oldini olish pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan patogenlar va kasalliklarning tarqalishini nazorat qilish uchun terapiya va emlashlarni oldindan tadbiq qilish va ishlab chiqish kabi faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Muntazam emlash dasturlari – bu pandemiyani oldini olish strategiyasining bir turi boʻlib, oʻtmishda pandemiyalarga sabab boʻlgan va nazorat qilinmasa, yana shunday boʻlishi mumkin boʻlgan gripp va poliomiyelit kabi kasalliklarni oldini oladi.. Profilaktika epidemiyani cheklash va uning nazoratdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan „chora-tadbirlar“ bilan birlashadi. Bu chora-tadbirlar strategik rejalashtirishni, tarqalishni oʻlchash uchun maʼlumotlarni yigʻish va modellashtirishni, terapiya, vaksinalar va tibbiy uskunalarni zaxiralashni, shuningdek, aholi sogʻligʻini xabardor qilish targʻibotini oʻz ichiga oladi Taʼrifga koʻra, pandemiya koʻplab mamlakatlarni qamrab oladi, shuning uchun xalqaro hamkorlik, maʼlumotlar almashish shuningdek, testlar va terapiyadan umumiy foydalanish pandemiyaga qarshi kurashishda muhimdir.
Hamkorlik – COVID-19 pandemiyasiga javoban JSST 2021-yil sentabr oyida Berlinda mamlakatlarning sogʻliqni saqlashga tahdidlarni aniqlash, monitoring qilish va boshqarishdagi zaif tomonlarni bartaraf etish maqsadida "Pandemiya markazi"ni tashkil etdi. Markazning tashabbuslari orasida sunʼiy intellektdan foydalanib, sogʻliqni saqlashga oid 35000 dan ortiq maʼlumotlarni tahlil qilish, shuningdek, akademik muassasalar va JSSTga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi sharoitlarni yaxshilash va muvofiqlashtirishdan iborat.
Pandemiyaga qarshi kurashish strategiyalari
Epidemiyani tarqalishini nazorat qilishning asosiy strategiyalari – bu epidemiyani nazoratda ushlab turish va zararni kamaytirishdir. Kasallik tarqalishining dastlabki bosqichlarida, shu jumladan, kasallikning aholi boʻylab tarqalishini toʻxtatish uchun bemorlarni izolyatsiya qilish, samarali boʻlishi mumkin boʻlgan emlash kabi terapevtik choralarni qoʻllash mumkin. Kasallikning tarqalishini toʻxtatib qolishning iloji yoʻqligi maʼlum boʻlgach, boshqaruv kasallik tarqalishini sekinlashtirish va uning jamiyat va sogʻliqni saqlash tizimiga taʼsirini yumshatish choralari koʻriladigan yumshatish bosqichiga oʻtadi. Aslida, oldini olish va zararni kamaytirish choralari bir vaqtda amalga oshirilishi ham mumkin.
Mashhur pandemiya va epidemiyalar
COVID-19
SARS-CoV-2 koronavirusning yangi shtammi birinchi marta 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida aniqlangan. Kasallikning tarqalishi JSST tomonidan 2020-yil yanvaridan 2023-yil mayigacha boʻlgan davrda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan jamoat salomatligi favqulodda holati (PHEIC) sifatida tavsiflandi. Dunyo boʻyicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 767 milliondan oshdi, vafot etganlar soni 6,9 millionga yetdi. Virus oxir-oqibat endemik boʻlib qolishi va oddiy shamollash kabi koʻpchilik odamlar uchun unchalik ogʻir boʻlmagan kasalliklarga aylanishi mumkin.
OIV va OITS
OIV/OITS birinchi marta 1981-yilda kasallik sifatida aniqlangan va butun dunyo boʻylab davom etayotgan pandemiya hisoblanadi. Shundan beri OIV va OITS tufayli dunyoda 40 millionga yaqin odam vafot etdi va har yili yana 630 ming kishi vafot etmoqda. Hozir 39 million kishi OIV infeksiyasi bilan kasallangan. OIV zoonotik kelib chiqishga ega boʻlib, Markaziy Afrikadagi maymunsimonlarda paydo boʻlgan va XX asr boshlarida odamlarga yuqa boshlagan. OIV yuqishining eng koʻp uchraydigan usuli infeksiyalangan odam bilan jinsiy aloqa qilishdir. OIV bilan kasallangan insonda qisqa muddatli, yengil, noaniq alomatlar kuzatilishi mumkin. Soʻngra simptomsiz (lekin shunga qaramay yuqumli) klinik latentlik yaʼni inkubatsion davr deb nomlangan bosqich boʻladi. Bu bosqichda davolanilmasa kasallik 3 dan 20 yilgacha davom etishi mumkin. Infeksiyani aniqlashning yagona usuli bu OIV testidir. OIV infeksiyasining oldini olish uchun vaksina yoʻq, ammo kasallikni antiretrovirus terapiya yordamida nazorat qilish mumkin.
Tarixdagi pandemiyalar
Tarixdagi epidemiyalar haqidagi hikoyalar koʻpincha qurbonlarga qanday taʼsir qilganligi haqidagi maʼlumotlar noaniq yoki bir-biriga qarama-qarshi tasvirlangan. Isitma bilan birga toshmalar toshsa chechak, qizamiq, qizil isitma yoki suvchechak kasalliklaridan darak boʻlishi mumkin va epidemiyalar bir-biriga qoʻshilib, bir vaqtning oʻzida bir xil populyatsiyaga bir nechta infeksiyalar yuqishi mumkin. Oʻlimning aniq sabablarini bilish koʻpincha mumkin emas, lekin DNK tadqiqotlari baʼzi-baʼzida qadimgi patogenlarning qoldiqlarini aniqlashi mumkin.
Taxminlarga koʻra, neolit inqilobidan oldin, taxminan miloddan avvalgi 10 000-yillarda, kasalliklarning tarqalishi bitta oila yoki urugʻ bilan cheklangan va yoʻq boʻlib ketishdan oldin keng tarqalmagan. Hayvonlarning xonakilashtirilish insonlar va hayvonlar oʻrtasidagi aloqalarni va zoonotik infeksiyalar bilan kasallanish ehtimolini oshirdi. Dehqonchilikning paydo boʻlishi aholi guruhlari oʻrtasidagi savdo patogenlarning keng tarqalishiga imkon berdi. Populyatsiya koʻpayishi bilan guruhlar oʻrtasidagi aloqalar tez-tez sodir boʻla boshladi.
Kelajakdagi ehtimoliy pandemiyalar haqida
Kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish uchun pandemiyalarning sabablarini aniqlash va kasallik insoniyat populyatsiyasiga nazoratsiz oʻtib ketishidan oldin profilaktika choralarini koʻrish kerak. Masalan, gripp – bu tez rivojlanayotgan kasallik boʻlib, u oʻtmishda pandemiyalarga sabab boʻlgan va kelajakda yana pandemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti butun dunyo boʻylab 144 ta milliy gripp markazlarining yangi gripp viruslarini kuzatish natijalarini yigʻadi. Virusning sezilarli xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan variantlari aniqlanadi va keyinchalik grippga qarshi keyingi mavsumiy emlash dasturiga kiritiladi.
2020 yil 28 dekabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mike Ryan va boshqa rasmiylar hozirgi COVID-19 pandemiyasi „juda katta pandemiya boʻlmaganligi“ va „kelgusi pandemiya yanada ogʻirroq boʻlishi mumkinligini“ aytishdi va keyingi pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishga chaqirishdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMT dunyo nafaqat sogʻliqni saqlash va iqtisodiy muammolar, balki pandemiya sabablarini hal qilishi kerakligi haqida ogohlantirgan.
Pandemiyaga aylanish ehtimoli bor boʻlgan kasalliklar
Oʻtmishda epidemiyalarni keltirib chiqargan kasalliklar kelajakda qaytishi ehtimoli har doim mavjuddir. Shuningdek, yetarli darajada maʼlum boʻlmagan kasalliklar yanada xavfli boʻlishi mumkin. Tadqiqotlarni ragʻbatlantirish maqsadida, global sogʻliqni nazorat qiluvchi bir qator tashkilotlar pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxatini tuzdilar. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.
+Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotlari maʼlumotlariga koʻra, ehtimoliy pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan kasalliklari roʻyxatiJSSTETBIKGAVIChikungunya virusiHaCOVID-19HaQrim-Kongo gemorragik isitmasiHaHaEbola gemorragik isitmasiHaHaHaLassa isitmasiHaHaHaMarburg virusi kasalligiHaHaMaymunchechakHaYaqin Sharq respirator sindromi koronavirus (MERS-CoV)HaHaNipah va boshqa henipaviral kasalliklarHaHaHaRift Valley isitmasiHaHaHaOgʻir oʻtkir respirator sindrom (SARS)HaHaHaZika virusiHaHaX kasalligiHaHa
Koronaviruslar
Manbalar
Turkum:Karantin Turkum:Tibbiyot Turkum:Yuqumli kasalliklar Turkum:Pandemiya Turkum:Pandemiya qilingan kasalliklar