Jalaquduq (1976-yilgacha — Soʻfiqishloq, 2015-yilga qadar Oxunboboyev shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi shahar (1976-yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Gurunchmozor. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 25 km. Jalaquduqdan Andijon — Xonobod magistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 50 ming kishidan ziyod (2020).

Oxunboboyev paxta tozalash, podshipnik zavodlari, fabrikalar, Andijon-telekom boʻlimi, ishlab chiqarish korxonalari, "Agrobank", "Hamkorbank", "Mikrokreditbank, "Universalbank", "Xalq banki" boʻlimlari, dehqon va buyum bozorlari bor. Jalaquduq shahrida 8 ta umumta`lim maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan davlat maktab internati, 1 ta xususiy maktab, 10 ga yaqin nodavlat hamda 8 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari, Pedagogika kolleji mavjud.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Andijon viloyati Turkum:Jalaquduq tumani