Ommaviy qirgʻin qurollaridan mudofaa — qoʻshin, aholi va mamlakat xalq xoʻjaligi obʼyektlarini dushmanning yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollari taʼsiridan himoya qilishda qoʻllaniladigan chora-tadbirlar kompleksi. Bunda individual himoya vositalari, transheyalar, maxsus jihozlangan pana joylardan foydalaniladi, epidemiyaga qarshi va boshqa tibbiy tadbirlar, dezaktivatsiya, degazatsiya hamda umumdavlat mudofaa tadbirlari koʻriladi (qarang Fuqaro mudofaasi).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi