Obduzd (fors, ob — suv va duzd — oʻgʻri, talash) — oʻrta asrlarda sugʻorish tarmoqlari (shohariq, anhor, kanal)dan navbatdan tashqari suvni yashirincha bogʻlab olish. Suv manbalarining etaklarida joylashgan yerlarda sugʻorish mavsumida shohariklardagi suvni qu-yiga ochib yuborish ham Obduzd hisoblangan. Obduzdlik, ayniqsa, Zarafshon vodiysining quyi oqimida Qorakoʻl va Olot tumanlarida kam suvlik mavsumlarida tez-tez sodir boʻlgan. Buxoro vohasida iyul oyining oxiri va avgustning boshida 5 kun davomida sugʻorish tarmoklariga bogʻlab olingan suv „Obi talash“, yaʼni janjalli suv deb yuritilgan. Chunki bu davrda suvga boʻlgan talab nihoyatda avj olib, Obduzdlik kuchaygan.

Adabiyot Muhammadjonov A., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi (Qadimgi davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi