Abu Bashar Mato Ibn Yunus Nasroniy Nasturiy (?—940) — olim, tarjimon. Xalifa Roziy zamonida (934—940) bir necha vaqt Bagʻdodda turgan. Aristotelning „Kitob ul-ibora“, „Mabhas ul-Buhron“ asarlariga sharhlar yozgan, „Poetika“ kitobini suryoniychadan arab tiliga, „Maso ul-olam“ kitobining baʼzi muqaddimalarini, Yahyo ibn Serafionning „Kunnosh“ asarini, Platon, Iskandar Afrodiziy va boshqa olimlarning asarlarini arab tilidan suryoniy tiliga tarjima qilgan.
Manbalar
Turkum:940-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar